Men 10 yil oldin Serene Pharma tashkil etilganidan beri ishlayman. Ushbu kompaniya ishga tushganda ombor maydoni 200 kvadrat metrni tashkil etgan bo’lsa, hozir u 1000 kvadrat metrdan oshdi. Bizning omborimiz GDP sertifikatiga ega bo’lib, bu butun zanjirimiz bo’ylab, xom ashyoni ishlab chiqarish zavodiga yetkazib berishdan tortib, tayyor mahsulotni so’ngi iste’molchiga yetkazishgacha bo’lgan sifatni ta’minlaydi.




